Quruqsoy tog‘lari
Yurtimizdagi eng sirli maskanlardan biri Quruqsoy tog‘lari. Bu yerda siz nafaqat ibtidoiy odamlarning g‘or devorlarga tushirgan tasvirlari, g‘ayrioddiy shakldagi qoyalarni ko‘rishingiz, balki “poklanish toshlari”dan ham o‘tishingiz mumkin. Bu toshlar katta qoyalarga o‘xshaydi, ularning o‘rtasi va pastki qismida quloqsimon o‘tish joyi mavjud.
Mahalliy afsonalarda aytilishicha, bunday toshdan o‘tib, gunohlardan butunlay poklanish mumkin. Ushbu toshlarning siri shundaki, odamning hajmi teshikdan o‘tishiga ta’sir qilmaydi, asosiy mezon gunohlarning ko‘p yoki kamligi. Ya’ni, semiz odam teshikdan o‘tishi mumkin, orqasidan kelayotgan ozg‘in odam esa tiqilib qolishi mumkin.
Recent Posts
Alica0 izohlar
Yangi yilni O‘zbekistonda qayerda nishonlash mumkin?
Alica0 izohlar
Botir Zokirov haykali
Alica0 izohlar
Hisor tog‘ tizmasidagi maskan
All Categories
Wildlife