Toshkentdagi Amaliy san’at muzeyida o‘zbek xalqining qo‘l san’ati tarixi bilan tanishish va uning eng yaxshi namunalarini ko‘rish mumkin.
Muzey kolleksiyasi o‘z ichiga 4 mingdan oshiq eksponatni jamlagan.
Muzey binosi ham arxitektura va naqqoshlik san’atining yorqin namunasi bo‘lib, arxitektura bezagi, ganchkorlik va naqqoshlik ishlari o‘zbek xalq san’atkorlari tomonidan bajarilgan.
Bu joy chiroyli fotosessiya uyushtirish uchun juda qulay!
Qashqadaryodagi Suvtushar kaskad sharsharasining balandligi – 84 metrni tashkil etadi.
Bu go‘zallikdan ko‘z uzish juda qiyin! Qishda ham u deyarli muzlamaydi va yumshoq qor bilan qoplangan tog‘lar manzarasida o‘zgacha go‘zallik kasb etadi.
Samarqanddan taxminan 50 km narida Oqsoy va Mehnatkash qishloqlari yaqinida tosh zinalarga ko‘zingiz tushadi. Har yili yuzlab ziyoratchilar bu zinalar bo‘ylab Hazrati Dovud g‘origa ko‘tariladilar.
2500ta zinani piyoda bosib o‘tganlar uchun dengiz sathidan 1250 metr balandlikda atrofdagi tog‘lar va dalalardan iborat ajoyib manzara namoyon bo‘ladi.
Andijondan 38 km narida qadimiy Dovon davlati poytaxti Arshi shahri xarobalari joylashgan. Keyinchalik shaharga Mingtepa nomi berilgan. Qachondir bu savdo shaxri orqali Buyuk ipak yo‘li o‘tgan.
Dovon poytaxti xitoy yozma manbalarida tilga olinadi va Xitoy imperatori saroyi uchun mashhur “samoviy otlar” ham aynan shu yerdan olib ketilgan.
Qadimgi Amudaryo bo‘yida Oks Iskandariyasi deb nomlangan tarixiy yodgorlik bor. Afsonalarga ko‘ra unga A.Makedonskiyning shaxsan o‘zi asos solgan va u shu yerda Baqtriya shohining qiziga uylangan.
Minglab yillar davomida bu joy yo‘qolib ketgan deya e’tirof etilgan va faqatgina 2019 yilda Termiz yonidagi Kampirtepa deb nomlangan joy o‘sha mashhur Oks Iskandariyasi sifatida tan olingan.
Toshkentda borish shart bo‘lgan joylardan biri Politexnika muzeyi. U yerdagi eksponatlar orasida qadimiy avtomobillardan tortib, eng zamonaviy robototexnika namunalarigacha bor.
Dam olish kunlari robotlar shousi va taqdimotlar guvohi bo‘lishingiz mumkin.
Qutlug‘-Murod Inoq madrasasi Xivadagi ilk ikki qavatli madrasa hisoblanadi. Madrasa hovlisida, gumbaz ostida quduq-sardoba joylashgan bo‘lib, XIX asrda xivaliklar uchun bitmas suv manbai sifatida xizmat qilgan.
Madrasani Ollohqulixonning tog‘asi Qutlug‘-Murod Inoqxon qurdirgan va keyinchalik vasiyatga ko‘ra shu yerga dafn etilgan.
Qoraqush cho‘qqisida siz nafaqat qorli manzaradan bahra olishingiz, balki ekstremal sayohat davomida biryo‘la kardio mashqlarini bajarib, ko‘pgina ijobiy taassurotlarga ega bo‘lishingiz mumkin!
Poytaxt markazidan atigi 20 kilometr uzoqlikda XIV asrga xos yodgorlik – Zangiota maqbaralari majmui joylashgan.
Buyuk alloma Hoji Ahmad Yassaviyning muridi shayx Oy-Xoja dafn etilgan bu maqbara 1390 yilda Amir Temur buyrug‘iga ko‘ra qurilgan.
Oq marmardan ishlangan sag‘ana va inshootning o‘zi asl holida saqlangan va buyuk Sohibqiron zamoniga oid.
Bu yerda unikal 20 metrlik suvosti tunel mavjud. U sizga huddi suv ostida yurib baliqlar bilan birga suzib yurgandek hissiyotlarni taqdim etadi.