
Buxoro savdo gumbazlari

O‘rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yagona bo‘lgan memoriy inshoot – Buxoro savdo gumbazlari!

Buxoro ko‘chalarini kezar ekansiz ko‘zingiz tez-tez gumbazli savdo rastalariga tushadi. Eski shaxar markaziy maydonin odamlar gavjum bulgan savdo rastalarisiz tasavvur kilib bulmaydi. O‘ziga xos arxitektura O‘zbek shayboniyxonlari tomonidan qurilgan va xozirgacha ularning 4 tasi saqlanib qolgan. Savdo gumbazlari Buxoro Shaxristonining Labihovuz maydonidan to Registongacha bo‘lgan savdo yo‘llari bo‘ylab odamlar gavjum chorraxalarda joylashgan.

Afsonalarga ko‘ra shaxar o‘rnida qadimda botqoqlik bo‘lgan va atrofida turna va laylaklar xayot kechirgan. Xozirda esa deyarli xar bir qadimiy inshootlar gumbazida turnalardan qolgan uyalar saqlanib qolgan.

Agar “Love story” uchun qayerda fotosessiya qilishga o‘ylanib yurgan bo‘lsangiz, albatta, Buxoro markaziy maydonidagi bu savdo gumbazlarini unutmang:)

Recent Posts
Explore the Sands of Uzbekistan Together
Ultimate Guide to eVisa UZ Travel
The Ultimate Guide to Uzbekistan’s Cultural Treasures
All Categories
Tags

Thailand
